Toshkentda “kurator” 10 kg narkotik bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida internet orqali faoliyat yuritgan narkodo‘konda qariyb 10 kilogramm giyohvandlik vositalari aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, respublika hududida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida internet narkodo‘konida administrator va kurator sifatida faoliyat yuritgan, 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro qo‘lga olingan. U avval Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) va 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan sudlangan.

Gumonlanuvchiga tegishli avtomashina va yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 9 kilogramm 330 gramm “gashish” hamda 545 gramm “metamfetamin” saqlanayotgani aniqlangan. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, musodara qilingan giyohvandlik vositalari jami 64 817 dozaga teng.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu turdagi jinoiy harakatlarni sodir etgan shaxslarga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Tojikistondan olib kelingan 13 kilogrammdan ortiq “opiy” moddasining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing