Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi 

3-sahifa

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyning 5-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 18 avgust kuni soat 09:40 da Mirzo Ulug‘bek tumani Qori-Niyoziy ko‘chasida joylashgan 8-qavatli uyning 5-qavatida yong‘in boshlangani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida xonadonning ayvon (balkon) qismini taxminan 18-20 kvadrat metr maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishning oldi olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing