Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar sotilayotgan dorixonalar aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkentning Yunusobod, Chilonzor, Uchtepa va Shayxontohur tumanlaridagi qator dorixonalarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda  Respublika Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshket shahar bo‘limi rahbari Ulug‘bek Jumaniyozov ma’lum qildi.

Xususan, poytaxtdagi Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida joylashgan “Aziza pharmacy plus” MCHJ, Chilonzor tumanida joylashgan “Farm luks” MCHJ, “Atsefenak farm”, “Gulshana pharm servis” MCHJ, Uchtepa tumanida joylashgan “Impulus farm trade”, “City open”, “Farm standart navoiy” MCHJ, Shayxontohur tumanida joylashgan “Salus oniko” MCHJga qarashli qator dorixonalarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda mazkur dorixonalar egalarini javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda. 

“Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga ular bo‘yicha taqdimnomalar kiritilgach, belgilangan tartibda dorixonalar litsenziyasi olib qo‘yiladi hamda 3 yil davomida javobgar shaxsga litsenziya berilishi va muassasada dori-darmon savdosini amalga oshirilishi taqiqlanadi”, deydi Jumaniyozov.


Maqola muallifi

Teglar

dorixona

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing