Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda
Jamiyat
−
19 yanvar 2021 14716 1 daqiqa
Toshkentda kuchli shamol esishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.
“Mulkingizga ziyon yetishini oldini olish uchun daraxtlar tagida va reklama ustunlari yaqinida qoldirgan avtomobillaringizni xavfsizroq joyga qo‘yishingizni so‘raymiz. Derazalarni mahkam yoping. Tashqi tokchadan gultuvaklar va boshqa buyumlarni olishingizni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, aholidan elektr bilan bog‘liq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda, maishiy elektr uskunalarni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish so‘ralgan.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust