Toshkentda ko‘cha o‘rtasida janjallashgan ayollarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida ayollarning janjallashib qolgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.
 
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 12 mart kuni soat taxminan 17:30 da Yunusobod tumani Markaz-4 dahasidagi “Abdulla Qodiriy” metro bekati oldida yuz bergan. Mazkur hududda joylashgan do‘konning 23 yoshli sotuvchisi avval shu do‘konda ishlagan tengdoshi M.F. bilan kiyim masalasida gap talashib qolgan.
 
Ularning mojarosiga M.F.ning onasi va Z.N.ning singlisi aralashgan va mojaro janjalga aylanib ketgan. Ularni shu atrofda bo‘lgan G‘.L. va V.O. ajratishga harakat qilgan. 
 
Oqibatda M.F. yengil tan jarohati olgan.
 
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
“Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, har bir ishtirokchining harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

657

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing