Toshkentda xonadondagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 11 oktyabr kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 09:53 da yetib borgan va yong‘in 10:25 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida uyning taxminan 20-25 kv.m. maydonidagi shift va ichki qismi yonib zararlangan.

Tezkor harakatlar natijasida 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. Ammo, 1 kishi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan halok bo‘lgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing