Toshkentda Xitoy fuqarosining uyidan $265 mingni o‘margan guruh qo‘lga olindi
3-sahifa
−
09 iyun 2022
13496Toshkentda Xitoy fuqarosining uyidan 265 ming AQSH dollarini o‘g‘irlagan olti kishidan iborat guruh qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 may kuni soat taxminan 08:30 lar atrofida noma’lum shaxslar Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 36 yoshli T.V.ning uyiga eshik qulfini buzib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi shkafga o‘rnatilgan va ichida 265 000 AQSH dollari bo‘lgan temir seyfni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli J.M., R.L., 19 yoshli N.J., B.M., 20 yoshli O.O. va 23 yoshli T.A. sodir etgani aniqlanib, ulardan jami 246 000 AQSH dollari, 9 771 000 so‘m pul, 100 yevro hamda mazkur pullarga sotib olingan bir dona iPhone 13 telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda yuqoridagi shaxslarning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi