Toshkentda ketma-ket 6 ta avtomobil to‘qnashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yunusobod tumanida oltita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.

Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi Yunusobod ko‘chasida joylashgan kafe ro‘parasida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi X.X. Nexia-2 rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni pasaytirgan vaqtida, uning ortidan kelayotgan:

  • 1996 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli;
  • 1977 yilda tug‘ilgan N.R. boshqaruvidagi Epica rusumli;
  • 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli;
  • 1993 yilda tug‘ilgan A.V. boshqaruvidagi Matiz rusumli;
  • 1992 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi yana bir Matiz rusumli avtomobillar ishtirokida oldinma-ketin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing