Toshkentda katta yoshli erkak 13 yashar qizga tegajog‘lik qildi

3-sahifa

image

Toshkentda avtobusda katta yoshli erkak 13 yashar qizga tegajog‘lik qildi. Bu haqda qizning onasi “Nemolchi” loyihasiga murojaat qilgan.

Murojaatga ko‘ra, kecha, 2 iyun kuni qiz 58-sonli avtobusda o‘qishga ketayotgan vaqtida katta yoshli erkak avtobusga chiqqan. U qizning oldiga kelib, 20-30 vaqt o‘tgandan so‘ng, unga sekin tegajog‘lik qila boshlagan.

“Erkak qizimga xuddi avtobus tez harakatlanib, qimirlayotgandek suyanib olgan. Shundan so‘ng, u qizimning sonining ichki qismiga qo‘llarini qo‘yib, intim joylarini silagan. Men qizimning dahshatini, qo‘rquvini tushuntirib berolmayman, uning so‘zlariga ko‘ra, u qo‘rquvdan qotib qolgan va hatto bir og‘iz so‘z ham aytolmagan. 

Qizim erkak qo‘llarini jimgina olib tashlagan. Biroq u yana qo‘lini qizimning futbolkasi ostidan ko‘krak qafasigacha ko‘targan. So‘ngra u o‘rnidan turib yig‘lab yuborgan.

Men ishdan kelganimdan so‘ng, qizim bilan erkak tushib qolgan bekatga bordik. Yaxshiyamki, bu yerda bank bor ekan. Undagi kuzatuv kameralari orali erkakning avtobusdan qayerga tushgani va qayerga ketayotgani ko‘rib oldim va Ichki ishlar organlariga ariza yozdim”, deb yozgan ona murojaatda.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 3 iyun kuni qizning onasining arizasiga binoan erkak Toshkent shahri Yakkasaroy tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

946

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing