Toshkentda katta miqdorda noqonuniy neft mahsuloti saqlanyotgani aniqlandi (video)
Jamiyat
−
23 dekabr 2022 13937 1 daqiqa
Toshkentda 17 ming litrdan ziyod neft mahsuloti noqonuniy va qoidalarga zid ravishda saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zneftgazinspeksiya” va Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari Sergeli tumanidagi “Yuqori Darxon” MFY hududida joylashgan avtoturargohda 17 295 litr neft mahsuloti (dizel yonilg‘isi) noqonuniy va qoidalarga zid ravishda saqlanayotganligini aniqlagan.
Noqonuniy saqlanyotgan neft mahsulotidan sifat tahlillari o‘tkazish uchun namunalar olinishi bilanoq, Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust