Toshkentda karantindan so‘ng YTHlar soni keskin oshgani aytildi
Jamiyat
−
29 avgust 2020
4124Toshkent shahrida karantin qoidalari yumshatilganidan so‘ng, yo‘l-transport hodisalari qariyb 3 barobarga o‘sdi. Avtohalokat natijasida o‘lim va tan jarohati olish ko‘rsatkichi ham sezilarli darajada oshgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda 1-7 avgust oralig‘ida 1 dona yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan va uning oqibatida ikki kishi tan jarohati olgan. 15 avgustdan keyingi birinchi haftaning o‘zida 17 ta YTH sodir etilgan va uning oqibatida 3 kishi vafot etgan, 22 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Aniqlanishicha, mamlakatda karantin choralari yumshatilganidan so‘ng, yo‘l-transport hodisalarining keskin oshishi kuzatilmoqda.
“Kechki soat 18:00 dan tungi 03:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ini tahlil qilganimizda, begunoh insonlarning halok bo‘lishi yoki tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etishi holatlari ko‘proq kuzatilmoqda”, dedi Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning yanvaridan 20 avgustga qadar jami 403 yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularning oqibatida 57 kishi halok bo‘lgan, 470 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bolalar ishtirokidagi esa 38 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, uning oqibatida 6 nafar bola halok bo‘lgan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi