Toshkentda karantin talablari kuchaytiriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 15 mart kuni poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar sektor rahbarlari, tuman hokimlari va boshqarmalar rahbarlaridan iborat shtab a’zolari qatnashdi.

Yig‘ilishda so‘nggi kunlarda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari ortayotganligi yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining axboroti tinglandi.

Shuningdek, mavjud vaziyatni nazoratga olish, shaharning barcha tumanlari, mahallalari, ish joylari va ta’lim maskanlari, shuningdek, aholi ko‘p to‘planadigan bozorlar va savdo markazlari, jamoat tarnsportlarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilinishini ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Poytaxt hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigena tartib qoidalariga aholi tomonidan to‘liq rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida Shtabning tegishli qarori qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1377

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing