Toshkentda quvur sexi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 Sentabr 2025 5855 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida joylashgan plastmassa quvur sexida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:40 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastmassa quvurlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar tushmagan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri, Toshkent shahar FVB boshlig‘i yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidagi bozorda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo nuqtasida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi