Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashiga Olimpiya shaharchasi loyihasini tanishtirdi

Sport

image

Bugun, 6 may kuni Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo‘mitasining 77-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi tomonidan yig‘ilish qatnashchilariga 2025 yili yoshlar o‘rtasida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IV Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni va Toshkent viloyati Qibray tumanida quriladigan Olimpiya shaharchasining loyihasi namoyish etildi. Loyihani OOK rasmiylariga Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti o‘rinbosari Otabek Umarov taqdim etdi.

OOK Ijroiya qo‘mitasi yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) rahbari Raja Randxir Singx, OCA bosh direktori, Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) prezidenti Husayn Al-Musallam, Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti o‘rinbosari Otabek Umarov va OOKning Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida Yoshlar o‘rtasidagi IV Osiyo o‘yinlarida qit’aning 45 davlati vakillari sportning 20 ta turida o‘zaro kuch sinashadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing