Toshkentda qator yo‘nalishlarda vaqtincha transport harakati cheklanadi

Jamiyat 1797
image

Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida THAY, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida qurilish ishlari olib borilayotganligini tufayli transport harakati uchun vaqtincha, 16 dekabrdan 20 dekabrga qadar cheklanadi. 

Toshkent metropolitenining Qo‘yliq yo‘nalishida THAY, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida qurilish ishlari olib borilayotganligini tufayli transport harakati uchun vaqtincha, 16 dekabrdan 20 dekabrga qadar cheklanadi.

 Shu munosabat bilan:

15, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati to‘g‘ri yo‘nalishda “Qo‘yliq 1- mavzesi” ASHBdan Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalaridan, qaytish yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi ko‘chalaridan “Qo‘yliq 1-mavzesi” ASHBgacha harakatini davom ettiradi.

99, 110-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati to‘g‘ri yo‘nalishda X.Bayqaro ko‘chasidan, X.Bayqaro, Bektemir yo‘li, Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq buyum bozoridan” o‘tib birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha, qaytish yo‘nalishida THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatidan harakatlanib “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi. 

45-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini to‘g‘ri yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Munis, Qo‘yliq 1-mavzesi, THAY ko‘chalaridan “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatigacha, qaytish yo‘nalishida THAYdan “Qo‘yliq buyum bozori”dan o‘tib, birinchi burilishdan orqaga burilib olib, THAY, Qo‘yliq 1-mavzesi, Munis, Farg‘ona yo‘li ko‘chalaridan harakatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettirgan holda tashkil etilsin.

13T-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini qaytish yo‘nalishida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li, Bektemir yo‘li, X.Bayqaro ko‘chalaridan (THAYdagi “Qo‘yliq dehqon bozori” bekatiga kirmasdan) keyingi harakatni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha davom ettiradi.

Shahnoza To‘ramurotova

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 12
Reyting: 2.8
t
×