Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi
Jamiyat
−
27 dekabr 2022
5153O‘zbekistonda Qatar elchixonasi ochildi. Bugun, 27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Qatar Davlatining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hasan Hamza Hoshimni qabul qildi.
Norov ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olar ekan, elchini lavozimga kirishgani bilan tabriklagan va uning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilagan.
Muloqot avvalida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Qatar tomonini futbol bo‘yicha Jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklagan.
O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekani ta’kidlangan.
Tomonlar ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashganini qayd etib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni sezilarli darajada oshirish tarafdorligini bildirilgan.
Parlamentlararo muloqotni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. Madaniy-gumanitar va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali bo‘yicha so‘z yuritilgan.
LiveBarchasi