Toshkentda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi
Jamiyat
−
18 may 2023
6384Toshkent shahrida 6 000 AQSH dollari miqdorida soxta valyutalarni sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida muqaddam sudlangan Z.M. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, 6 000 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki valyutalarni fuqaro B.Z.ga 45,6 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar