Toshkentda qalbaki 20 000 dollarni sotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida qalbaki 20 000 AQSH dollarlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va shahar IIBB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda fuqaro X.F. boshqa bir fuqaro A.ga qalbaki 20 000 AQSH dollarini 8 000 dollarga sotishga kelishib, undan pullarni olib, qalbaki 100 dollarni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dollar jinoyat

Baholaganlar

224

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing