Toshkentda ijara narxlari bir oyda 51,6 % ga oshdi

Jamiyat

image

2022 yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 16,1 % ga oshgan.
Bu haqida  Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida 51,6 % qayd etilgan. Shuningdek, eng past o‘sish 1 % bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 % ga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 % ga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi 1-kurs talabalariga ijara kompensatsiyasi shartnomasiz to‘lab berilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing