Toshkentda it va mushuklarni pnevmatik qurol bilan otgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
15 fevral 2022
8851Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum erkak it va mushuklarni pnevmatik qurol yordamida otganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qiilish jamiyatiga M.N. ismli ayol murojaat qilgan. Unga ko‘ra, joriy yilning 4 fevral kuni uning mushugi tanasida jarohat bilan uyga qaytgan.
Ayol ertasi kuni mushugini veterinariya klinikasiga olib borgan. O‘tkazilgan rentgen tadqiqotlarida jonivor tanasiga pnevmatik qurol yordamida jarohat yetkazilganini taxmin qiluvchi elementlar aniqlangan. Shundan so‘ng jonivorni zudlik bilan operatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan.
Oradan vaqt o‘tib, ayol o‘z qo‘shnisi A.I.ni qo‘lida pnevmatik qurol bilan ko‘rganligi, A.I. u bilan ko‘chadagi mushuk va itlarni nishonga olayotganligining guvohi bo‘lganini aytmoqda. A.I. ayol bilan telefon muloqoti paytida haqiqatan ham it va mushuklarni pnevmatik quroldan otganini tan olgan.
Jamiyat tomonidan A.I. 4 fevral kuni soat 11:28da pnevmatik qurol bilan uyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanayotgani aks etgan video ham e’lon qilingan. M.N. ismli ayolning yana uch nafar qo‘shnisi ham ushbu holatning guvohi bo‘lganini tasdiqlagan.
Shu sababli, “Mehr va Oqibat” jamiyati A.I.ni jinoiy javobgarlikka tortishni so‘rab O‘zbekiston IIV, Toshkent shahar IIBB hamda Mirobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar sudga yo‘naltirilgan.
Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi A.I.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yuqorida qayd etilgan moddalari bo‘yicha aybdor deb topgan va unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr