Toshkentda issiq suv o‘chiriladi
Jamiyat
−
08 iyul 2558 2 daqiqa
Profilaktika ishlari munosabati bilan bugun, 9 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga issiqlik tarmoqlarida gidravlik sinovlar o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, profilaktik tadbirlar aholi uchun noqulayliklarni kamaytirish maqsadida tungi vaqtda soat 00:00 dan 06:00 gacha amalga oshiriladi.
Bildirilishtcha, opressovka issiqlik tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatishning majburiy bosqichi hisoblanadi. Sinovlar davomida quvurlar yuqori bosim ostida tekshirilib, mavjud nosozliklar oldindan aniqlanadi. Bu esa kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Issiq suv quyidagi hudud va ko‘chalarda vaqtincha o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Chust, Kattaxon, Ibrohima Mo‘minova, Niyozbek yo‘li, Kichik va Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Ozodlik, Yalang‘och massivi, Toshselmash, Hamg‘oz qishlog‘i hamda Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari:
Amir Temur shoh ko‘chasi, Mustaqillik ko‘chasi, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qo‘zitarnov, G‘irghirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘irovon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Olmazor, Nurafshon, Qoraqamish dahalari hamda C-1, C-2, C-5, C-6, C-12, C-15, C-17, C-18 massivlari.
Mutasaddilar aholidan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, zarur ehtiyoj uchun issiq suvni oldindan jamg‘arib qo‘yishni tavsiya qildi.
Live
Barchasi