Toshkentda issiq suv narxi oshdi
Jamiyat
−
04 aprel
5178Joriy yilning 2 aprelidan Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15 foizga ko‘tarildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Toshkent shahar hokimining “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarori qabul qilingan. Yangi tarif bo‘yicha narxlar quyidagicha:
Ma’lum qilinishicha, agar fuqaro 27 martdan 2 aprelgacha issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsa, to‘langan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq aprel-may oylarida Toshkent shahrida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘lishi xabar qilingandi.