Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari oshirildi
Jamiyat
−
31 Oktabr
3793Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti narxlari 1 gigakaloriyasi uchun 105 754 so‘mdan 121 617 so‘mgacha (15 foiz) oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
“Veolia Energy Tashkent” tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun quyidagi narx (tarif)lar tasdiqlandi:
- tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va byudjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal);
- aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal (QQSsiz);
- boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal (QQSsiz).
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshirilishi Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni ma’qullangandi. Avvalroq esa QALAMPIR.UZ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahrida issiqlik tizimi 10 noyabrdan yoqilishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritish uchun “Veolia Energy Tashkent” bilan bog‘langandi. Bizga ma’lum qilinishicha, mazkur xabarlar haqiqatga zid va mas’ul tashkilot ayni paytda shaharda issiqlik tizimini yoqish uchun hokim qarorini kutmoqda.