Toshkentda issiqxonada 435 tup ko‘knori yetishtirgan “dehqon” ushlandi
3-sahifa
−
23 may 1363 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida “oddiy tikan” deb o‘ylab, issiqxonasida 435 tup ko‘knori o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbir davomida Toshkent tumani Bahor mahallasi Al-Xorazmiy ko‘chasidagi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, issiqxonasining orqa tomoniga yashirin holda 435 tup ko‘knori giyohvand moddasini parvarish qilib, yetishtirib kelayotgani aniqlangan va daliliy ashyo tariqasida olingan. Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi muqaddam xuddi shu jinoyat oqibatida qamoq jazosini ham o‘tagan.
Mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida o‘z uyida 160 tup ko‘knoriga o‘xshash o‘simlik yetishtirib, parvarishlab kelgan fuqaro qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi