Toshkentda isitish tizimi qachon o‘chirilishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Ertaga, 1 apreldan Toshkent shahrida 2021-2022 yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga bahorgi iliq kunlar boshlangani va havo haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

“2022 yilning 1 aprelidan Toshkent shahrida 2021-2022 yillardagi isitish mavsumi yakunlanadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda isitish mavsumi 7 aprel kuni yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

415

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing