Toshkentda ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
Jamiyat
−
13 fevral
6313Bugun, 13 fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 13 fevral kuni soat 14:38 da Olmazor tumani, Usta Shirin berk ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
“Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:42 da yetib borib, yong‘in soat 14:46 da qurshab olinib, soat 14:50 da o‘chirildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 fevral kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi xonadonlardan birida gaz chaqnagani haqida xabar berilgandi. Voqeaning taxminiy sababi fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib to‘planishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi