Buxorodagi uylardan birida gaz portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
13 fevral
6429Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi xonadonlardan birida gaz chaqnadi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 fevral kuni soat 22:40 larda viloyat IIBdan olingan xabarga ko‘ra, shu kuni taxminan soat 22:00 larda G‘ijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir bo‘lgani bildirilgan. Voqeaning taxminiy sababi fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib to‘planishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Voqea joyiga viloyat FVB va G‘ijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Marhamat tumanida isitish pechi chaqnashi ortidan bir oilaning 3 a’zosi jarohatlanib, 1 kishi vafot etgan edi. Uyda bo‘lgan X.Sh. tanasining 90 foizi, turmush o‘rtog‘i L.Sh. tanasining 35-40 foizi, o‘g‘li J.H. tanasining 20-30 foizi, qizi X.H. tanasining 70 foiz qismi kuyish tashxisi bilan tuman SHTTYOBga yotqizilgan. Voyaga yetmagan X.H. esa olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

