Toshkentda internet orqali “geroin” tarqatayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 30 gr “sintetik” hamda 55 gr “geroin” giyohvandlik vositalarini internet orqali tarqatmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyat Bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda poytaxtning Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalarini internet orqali tarqatishga uringan shaxslar qo‘lga olingan. 

1994 yilda tug‘ilgan va poytaxtning Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar mahalladoshlar Bektemir tumanidagi ko‘chalardan birining chetida daraxt ostiga yashirilgan giyohvandlik vositalarini izlayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan. Ushbu shaxslarga mazkur lokatsiya telefonlaridagi messenjerlar orqali oldindan yo‘llangan. 

Tezkor tadbir davomida haqiqatdan ham ushbu manzildagi daraxt ostiga 4 dona o‘ramda taxminan 30 gr og‘irlikdagi “sintetik” giyohvandlik vositasi yashirilgani aniqlangan. Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan ekpertiza natijalariga ko‘ra, ushbu modda  qora bozorda flekka yoki greyvel deb nomlanauvchi aslida esa "α-PvP" sintetik giyohvandlik vositasi bo‘lib chiqqan. 

Qolaversa, mazkur shaxslarning telefoniga Bektemir tumanidan tashqari Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi obektlar bo‘yicha jami 55 ta lokatsiya yo‘llangan bo‘lib, tezkor tadbir ishtirokchilari ushbu manzillarning barchasini birma bir ko‘zdan kechirgan. 

Natijada, qo‘p qavatli uylar yo‘laklaridagi eshiklar orasiga, zinapoyalar ostiga, elektr hisoblagichlar orqasiga va boshqa ko‘plab ko‘z ilg‘amas joylarga har biri o‘rtacha 1 gr og‘irlikdagi jami 55 gr “geroin” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlangan. Ushbu moddalar tegishli tartibda hujjatlashtirilib, ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan. 
 
Bildirilishicha, mazkur lokatsiyalarning barchasi turli aholi gavjum joylar, maktab hamda oliy ta’lim muassasalariga yaqin hududlarga joylashtirilgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali 9 kg 702 gr “gashish” va qiymati 3,2 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olib kirgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent geroin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing