Toshkentda IMMAF Jahon chempionati boshlandi
Sport
−
06 noyabr
3070Kecha, 5 noyabr kuni Toshkent shahrida Aralash jang san’atlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslari start oldi. Janglarga "Humo arena" mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada 67 dan ortiq milliy federatsiyalardan kelgan 650 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Janglar 10 noyabrga qadar davom etadi.
Qayd etish joiz, hozirda IMMAF prezidenti Kerrit Braun, IMMAF boshqaruvi raisi Densin Uayt va tashkilot direktori Mohamed Ali Qambar ham Toshkentda bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, turnirning ochilish marosimi 9 noyabr kuniga belgilangan. Bugun, 6 noyabr kuni "Humo arena"dagi 5 ta oktagonda turnirning 1/16 final bosqichi janglari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi