Toshkentda ikkinchi “Zamonlar osha madaniyat” ko‘rgazmasi ochildi
Jamiyat
−
20 Sentabr 2019
4057Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Zamonlar osha madaniyat: O‘zbekiston ko‘rgazmasi va anjumani” ish boshladi.
QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, Ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlarda asrlar mobaynida jamlangan boy tajribalar usta san’atkorlar tomonidan ko‘rgazmada qayta jonlandi. Ko‘rgazmada 28 nafar turk va o‘zbek san’atkorlarining ko‘rgazma uchun maxsus tayyorlangan 52 ta original asari namoyish etildi.
Shu yilning 20-28 sentyabr kunlari Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi” san’at saroyida namoyish qilinadigan ko‘rgazmadan xattotlik, tazhib (zarhallash), qati’ (naqqoshlik), abru bahor, miniatyura, qalam tasvir, muqova, chinni va o‘ymakorliksan’ati namunalari joy olgan.
Ko‘rgazma va anjuman ochilishida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyo Er, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari (TIKA) Ali Ixsan Chag‘lar va Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez hamda soha professorlari ishtirok etdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Zamonlar osha madaniyat” O‘zbekiston loyihasining ko‘rgazma va ilmiy anjumandan iborat ilk qismi 14 iyun – 7 iyul kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi