Toshkentda ikki kun davomida ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi
Jamiyat
−
24 iyun 2021 10974 1 daqiqa
Joriy yilning 26-27 iyun kunlari Toshkentda “Gran-Pri Toshkent – 2021” xalqaro karting musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqa o‘tkazilishi sababli 26 iyun soat 17:00 dan 27 iyun 18:00 ga qadar Toshkentning bir necha ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda ikki kun davomida vaqtincha harakat cheklanadi:
– Shahrisabz ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Amir Temur shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Yakub Kolas ko‘chasining Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– Tarasa Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov shox ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025