Toshkentda ikki bosqinchi soxta $40 mingga “kvartira” sotib oldi

3-sahifa

image

Toshkentda ikki fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, Markaz-5 mavzesida joylashgan uyni soxta 40 ming dollar evaziga notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 avgust kuni H.T. hamda A. ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri, Markaz-5 mavzesida joylashgan xonadonni 40 ming AQSH dollariga sotib olishini va’da qilgan. Biroq firibgarlar J.R.ga 4 pachka 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming dollar qalbaki 400 dollar haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan.

Shu kuni H.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi A. bilan J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSH dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida uning xonadoniga to‘pponcha bilan kirgan. So‘ng, ular J.R.ni urib, qo‘rqitib, bo‘g‘ib tan jarohati yetkazgan holda berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini talab qilishgan.  

Holat yuzasidan noma’lum shaxs A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surishtiruv ishlari davomida joriy yilning 17 noyabr kuni   A. ismli shaxs 1995 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlangan. Shundan so‘ng, Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “G‘isht-Ko‘prik” bojxona postida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bosqinchilik

Baholaganlar

481

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing