Toshkentda ikki avtobus haydovchisi janjallashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 1-avtobus yo‘nalishining ikki haydovchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Janjal tufayli haydovchi boshqa avtobusning kalitini olib ketib qolgan. “Toshshahartransxizmat” mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 12 aprel kuni soat 20:05 larda “5-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan MAN rusumli 1-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadigan avtobus haydovchisi R.O‘. va ushbu yo‘nalishda harakatlanuvchi MAN rusumli avtobus haydovchisi M.F. o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Haydovchi M.F. belgilangan harakat jadvaliga rioya qilmasdan R.O‘. boshqaruvidagi avtobusdan oldin “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidan “Yugnakiy mavzesi” bekati tomon harakatni oldin boshlab yuborgani sababli Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi “Sayohat” bekati qarshisida o‘zaro janjal yuzaga kelgan va haydovchi R.O‘. haydovchi M.F. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli avtobusning kalitini olib ketib qolgan.

Voqeadan xabar topgan “5-avtobus saroyi” mutasaddilari tezkorlik bilan yo‘nalishga chiqib, avtobusning kalitini haydovchiga yetkazishgan hamda avtobus o‘z yo‘nalishida harakatlanib yo‘lovchilarni belgilangan manzilga olib borgan.

Shundan so‘ng ushbu ikki avtobus “5-avtobus saroyi” filiali hududiga olib kelingan va haydovchilar bilan bo‘lgan voqea yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, yo‘nalish davomida avtobusda yo‘lovchilar bo‘lishiga qaramasdan ushbu avtobusning kalitini olib ketib, yo‘lovchilarni kutib qolishlariga sabab bo‘lgani va korxona ichki mehnat tartibini buzgani uchun haydovchi R.O‘.ga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing