Toshkentda IIBB xodimi cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkentda ichki ishlar organi xodimi kanalda cho‘kib ketayotgan fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda poytaxt IIBB ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, taxminan soat 21:30 da 37 yoshli Muxtor M. Mast holatda bo‘la turib, ehtiyotsizlik oqibatida Sergeli tumani “Qorasuv” mahallasi hududida oqadigan kanalga tushib ketgan. Suvdan mustaqil chiqa olmagan fuqaro atrofdagilarni yordamga chaqirgan.

Shu vaqtda o‘sha hududdan o‘tib ketayotgan Sergeli tumani IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori leytenant Alibek Maxmarayimov chaqiriqni eshitib, suvda cho‘kayotgan kishini ko‘rgach, xodim fuqaroga suvdan chiqishda yordamlashgan. Leytenant A. Maxmarayimov voqea joyiga “tez yordam” chaqirgan va fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing