Toshkentda Ichki ishlar xodimi o‘ldirib ketildi. Qotil tutilgani yo‘q

3-sahifa

image

Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan Ichki ishlar xodimi o‘ldirib ketildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 30 noyabr kuni soat 00:50 larda Toshkent shahar Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov, tumanning “G‘alaba” mahallasiga tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib borgan. U xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.

N.Bobomurotov voqea joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Voqea tafsilotlari to‘liq o‘rganilgandan so‘ng, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Ijtimoiy tarmoq faollaridan vaziyatni yoritishda faqat rasmiy manbalardan foydalanishlarini so‘raymiz”, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing