Toshkentda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “GAZel” ag‘darilib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 10 avgust kuni Chilonzorda “GAZel” va Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 07:10 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani 1983 yilda tug‘ilgan Sh.G. boshqaruvidagi “GAZel” rusumli hamda 1952 yilda tug‘ilgan haydovchi K.Yu. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, “GAZel” avtomobili haydovchisi va olti nafar yo‘lovchiga, shuningdek Lacetti avtomobilining ham bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing