Toshkentda giyohvand moddalar sotgan shaxs kaltaklandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar bir fuqaroni urayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni taxminan soat 21:00 larda 2003 yilda tug‘ilgan J.R., 2001 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 2005 yilda tug‘ilgan R.A. Telegram-bot orqali giyohvandlik moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan 2003 yilda tug‘ilgan A.B. bilan Toshkent shahrining Mirobod tumanida uchrashuv belgilagan. 

Shundan so‘ng, ular A.B.ni Bo‘stonliq tumaniga olib borib, uni urgan va tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ular uning ustiga “zelyonka” moddasini sepgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi (“Odam o‘g‘irlash”) va 105-moddasi 2-qismi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov jarayonida J.R., Sh.A. va R.A.ning shunga o‘xshash boshqa bir qancha jinoyatlarni sodir etishga aloqadorligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarga giyohvandlik vositalarini tarqatish uchun jinoiy javobgarlik borligini hamda bu jinoyatni sodir etgan shaxslar qonun oldida javob berishini eslatib o‘tgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing