Toshkentda “Gazel” mashinasi yonib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 fevral kuni soat 07:32 da Uchtepa tumani “Katta Cho‘ponota” MFY TXAY ko‘chasi Bo‘rijar kanali ustidagi ko‘prikdan harakatlanib ketayotgan “Gazel” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:37 da yetib borib, yong‘in soat 07:43 da bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing