Toshkentda g‘alati bosqinchilik: “uchrashuv”ga chiqqan erkak kiyimsiz qolib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Sergeli tumanida 17 va 22 yoshlardagi yigitlar ijtimoiy tarmoqlarning birida 33 yoshli erkak bilan tanishib, soxta uchrashuv tashkil etgan. Uni ma’lum bir joyga chaqirib, o‘sha yerda kaltaklashgan va yonidagi bor-budini “shilib” olgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 mart kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Jaloyir mahallasida 33 yoshli E.D.ni 17 va 22 yoshlardagi ikki nafar shaxs kaltaklab, yonidagi bor narsasini o‘g‘irlashgan.

Gumonlanuvchilar 22 yoshli R.M. va voyaga yetmagan 17 yoshli M.M. jabrlanuvchi bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, uni joriy yilning 16 mart kuni  Sergeli tumani Jaloyir mahallasidagi Beshko‘prik ko‘chasiga chaqirgan. So‘ngra uni urib tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, bosqinchilar narxi 3 million so‘mlik mobil telefonni, qora rangli polietilen paket ichida bo‘lgan 6 million so‘m pullarni, egnida bo‘lgan narxi 400 ming so‘mlik sport kurtkasini, narxi 250 ming so‘mlik shimini va narxi 450 ming so‘mlik oyoq kiyimini bosqinchilik yo‘li bilan tortib olib hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor-qidiruv natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olinib ulardan o‘g‘irlangan telefon ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan R.M. va voyaga yetmagan M.M.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergeli bosqinchilik soxta uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made