Toshkentda “GAI” xodimi va fuqaro o‘rtasida mojaro chiqdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimi hamda fuqaro o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Videoda fuqaro va IIO xodimi bir-biriga kurakda turmaydigan gaplar aytib, haqoratlaganini ko‘rish mumkin. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, holat kecha, 23 aprel kuni taxminan soat 21:00 da yuz bergan. 

Toshkent shahar IIBB JTSB (Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi) safdor xodimi N.Sh. bilan fuqaro J.S. o‘zaro gap talashib, tortishgan. 

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1060

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing