Toshkentda FVBB xodimi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi (FVBB) xodimi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar FVBBning Yunusobod tuman boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni va’da qilgan. Evaziga joriy yilning fevral oyida xususiy klinika rahbaridan 6,5 mln so‘m pora olgan. 

Biroq, xodim turli bahonalar bilan va’dasini bajarmasdan kelgani sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor muqaddam olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jizzax viloyati boshqarmasi Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakili 85 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora FVBB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing