Toshkentda fuqaroni tepgan mahalla raisi jarimaga tortildi
3-sahifa
−
29 noyabr 2022
7686Avvalroq Toshkentda fuqaroning orqasidan tepgan mahalla raisi lavozimidan ketgani haqida xabar berilgandi. Endilikda u tuman sudi tomonidan jarimaga tortildi.
Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida sobiq Armug‘on mahallasi raisi A.Q.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilgan.
Sud hujjatiga ko‘ra, A.Q. joriy yilning 27 noyabr kuni soat 12:20 da Yakkasaroy tumani “Armug‘on” mahallasi, 9-uy oldida bo‘la turib, jamiyat yurish-turish qoidalarini buzgan. U fuqaro I.P.ni orqa qismiga tepib, mayda bezorilik qilgan.
Sudning qarori bilan A.Q.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
“Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi