Toshkentda fuqaroni “quloqlik“da ayblab, ”samosud" qilgan yigit qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarning avtomobilini suratga olayotgan shaxsni ushlab olib, uni o‘z bilganicha “samosud” qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda qoidabuzarlarni suratga olayotgan fuqaroni ushlaganini aytgan yigit uni haqoratlab, o‘z ishidan mag‘rurlanayotganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ushbu holat joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 17:00 da Uchtepa tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘lida “O‘rikzor” bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Huquqbuzar 1996 yilda tug‘ilgan Xurshid E. ekanligi aniqlangan. 

Xurshid E. Uchtepa tumani IIO FMB 3-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Bundan tashqari, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun sudga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, Xurshid E. va unga yordamlashgan fuqarolar MJtKning 40, 41, 202 va 183-moddalari bilan javobgarlikka tortildi.

Xurshid E.ga nisbatan jarima va 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda holatda qatnashgan va uni videoga olgan ikki fuqaroga jarima va 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

samosud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing