Toshkentda erkaklar kamayib ketdi. Boshqa hududlardachi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, har ming nafar ayolga 1 015 nafar erkak to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Ochiqlangan statistikaga qaralsa, O‘zbekiston deyarli barcha hududlarida an’anaviy demografik tuzilmani saqlab qolganini ko‘rish mumkin, ya’ni mamlakatda erkaklar soni ayollarga nisbatan biroz ustunroq bo‘lib qolmoqda.

Biroq, barcha 14 viloyat va hudud ichida faqat bitta – Toshkent shahri istisno bo‘lgan. Poytaxtda vaziyat ozgina boshqacharoq, ming nafar ayolga 966 nafar erkak to‘g‘ri kelgan. Odatda markaz shaharlarga ayollarning oqimi nisbatan ko‘proq bo‘lishi hisobga olinsa, bu normal holatdir. Eng ko‘p erkaklar to‘g‘ri kelgan hudud esa – Namangan. U yerda har ming nafar ayolga 1 034 ta erkak to‘g‘ri kelgan. Qiziqarli tarafi shundaki, poytaxtda ayollar 34 taga ko‘proq bo‘lsa, Namangan viloyatida esa, erkaklar shuncha – 34 nafarda ko‘proq bo‘lgan.

Hududlar kesimida har 1 000 nafar ayolga to‘g‘ri keladigan erkaklar soni quyidagicha:

Namangan viloyati — 1 034 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 1 029 nafar;
Andijon viloyati — 1 027 nafar;
Navoiy viloyati — 1 026 nafar;
Surxondaryo viloyati — 1 025 nafar;
Jizzax viloyati — 1 019 nafar;
Farg‘ona viloyati — 1 019 nafar;
Samarqand viloyati — 1 016 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 010 nafar;
Sirdaryo viloyati — 1 009 nafar;
Toshkent viloyati — 1 008 nafar;
Buxoro viloyati — 1 006 nafar;
Xorazm viloyati — 1 004 nafar;
Toshkent shahri — 966 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing