Toshkentda erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

3-sahifa 19577
image

Toshkent shahrida 37 yoshli erkak kuchli elektr tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR’UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 11 avgust kuni Yashnobod tumanida yuz bergan. 

“Internet provayderlardan birining 1985 yilda tug‘ilgan montajchisi buyurtma asosida tumanda joylashgan avtomobillarga xizmat kursatish shoxobchasi (moyka) tomida WI-FI tarmog‘ini o‘rnatayotganida, elektr toki urib, vafot etgan”, deydi Shamsutdinov.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1003
Reyting: 3
t
×