Toshkentda erkak dorixonaga bostirib kirib, kassadagi pullarni talon-toroj qildi (video)
3-sahifa
−
15 yanvar
2224Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan dorixonaga pichoq bilan bostirib kirib, kassadagi pullarni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning 13 yanvar kuni pichoq bilan qurollangan shaxs Chirchiq shahrida joylashgan dorixonalardan biriga bostirib kirgan va sotuvchiga pichoq bilan tahdid qilib, kassadan 700 ming so‘m pulni olib ketgan.
Toshkent viloyati IIBBga ko‘ra, ushbu tajovuzkorning shaxsi aniqlangan. U 32 yoshli fuqaro bo‘lib chiqqan. Gumonlanuvchining ta’kidlashicha, u o‘g‘rilik paytida mast bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (talonchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Nazarbek shaharchasida erkak ko‘chada pichoq bilan odamlarga tashlangandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar