Toshkentda erkak 81 yoshli onaxonni tunadi

3-sahifa

image
Toshkent shahrida 50 yoshli erkak kishi 81 yoshli kampirga zo‘rlik ishlatib, uning bir million so‘mini o‘zlashtirgani aytilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 4 fevral kuni soat taxminan 11:00 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ro‘y bergan. Noma’lum shaxs 81 yoshli P.G.ning xonadoniga kelib, undan ichimlik suvi olib chiqib berishini so‘ragan va paytdan foydalanib xonadonga bostirib kirgan.
 
50 yoshli erkak kampir bo‘ynidan sintetik mato bilan bo‘g‘ib, xonadondagi 1 mln so‘mni talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
 
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 
Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov-tezkor harakatlar davomida, ushbu jinoyat Toshkent viloyatida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam sudlangan 50 yoshli X.V. tomonidan sodir etilgani aniqlangan va u protsessual tartibida ushlangan.
 
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing