Toshkentda Epica yonib ketdi
3-sahifa
−
07 may 4442 1 daqiqa
Kecha, 6 may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Epica rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 23:56 da poytaxtning Yangihayot tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Epica va Spark rusumli avtomobillar yo‘l transport hodisasi sodir etib, oqibatda Epica rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:06 da yetib borib, yong‘in soat 00:08 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax shahrida GAZ, ZIL, Nexia-2 va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Nexia-2 hamda Gentra rusumli transport vositalari haydovchilari yengil turdagi tan jarohati olgani sababli shifoxonaga yuborilgan. Hodisa oqibatida og‘ir turdagi tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr