Toshkentda enaga imkoniyati cheklangan bolani kaltakladi (video)
3-sahifa
−
14 fevral 2023 12610 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi yosh bolani urgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro I.X. o‘zining imkoniyati cheklangan farzandiga enagalik qilish uchun 2002 yilda tug‘ilgan S.T.ni ishga yollagan. Biroq enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan.
Joriy yilning 11 fevral kuni enaga 2017 yilda tug‘ilgan K.Z.ga qo‘pol munosabatda bo‘lib, urib kaltaklagan holati kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Xonadon egasi I.X. shu kuni S.T.ni ishdan bo‘shatgan hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
“Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28