Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 10 aprel kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani Furqat ko‘chasida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea sodir bo‘layotgan manzilga 07:35 da yetib borgan va yong‘in soat 08:28 da o‘chirilgan.

Hozirda yong‘in elektromobilning akkumulyator qismidan kelib chiqqani aytilmoqda va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni soat 23:45 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketgandi.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing